Bilmaysan!
Izingdan zor zor boʻlib
Yurishimni bilmaysan
Seni oʻylab hayollar
Surishimni bilmaysan
Diydoringa yetay deb
Bitta koʻrib ketay deb
Koʻchangdan bir oʻtay deb
Turishimni bilmaysan
Bahoru yoz fasllar
Oʻtsa yilu asrlar
Senga atab qasrlar
Qurishimni bilmaysan
Sevdim desam koʻzingni
Olib qochma yuzingni
Tushlarimda oʻzingni
Koʻrishimni bilmaysan
Bir soʻramay holimni
Qaynatasan qonimni
Jon soʻrasang jonimni
Berishimni bilmaysan
Bitta emas, yuz boʻlib
Bahor boʻlib, kuz boʻlib
Begim desang muz boʻlib
Erishimni bilmaysan
Koʻzi xumorlaringni
Jonga tumorlaringni
Olma anorlaringni
Terishimni bilmaysan
Seni koʻrmasam bugun
Ohimdan chiqar tutun
Bu dunyo sen uchun
Yurishimni bilmaysan.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 29.07.2026 yil.
September 3, 2026 71 1