Xudo beraman desa!
Boylik kelib ketarli
Koʻkrak keraman desa
Bir soniya yetarli
Xudo beraman desa
Kimga quloq solasan
Kimdan nima olasan
Eplolmayin qolasan
Xudo beraman desa
Umid uzmay kutarsan
Orzularga yetarsan
Toʻlib toshib ketarsan
Xudo beraman desa
Osmondagi oylardan
Suvi tiniq soylardan
Boy boʻlasan boylardan
Xudo beraman desa
Har ishga imkon boʻlar
Har dardga darmon boʻlar
Gado ham sulton boʻlar
Xudo beraman desa
Yuzinga qaramaydi
Yolgʻonga oʻramaydi
Hech kimdan soʻramaydi
Xudo beraman desa
Qozon toʻla oshlaring
Egilmaydi boshlaring
Tillo boʻlar toshlaring
Xudo beraman desa
Yirtiq, yamoq jandaga
Oʻzi qiyshiq randaga
Kuning qolmas bandaga
Xudo beraman desa.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 28.07.2026 yil.
September 2, 2026 76 4