Xudo asrasin!
Minnatning oshidan
Shaytonning toshidan
Ajalning yoshidan
Xudo asrasin
Oʻzgarib zamona
Doʻst boʻlsa begona
Yakkayu yagona
Xudo asrasin
Soxta doʻst ulfatdan
Baloyu kulfatdan
Har kimni tuhmatdan
Xudo asrasin
Sinovlar damba dam
Kelganda har qadam
Sizniyi bizni ham
Xudo asrasin
Boshingdan uchsa baxt
Buyurmay qolsa naqd
Hammani hamma vaqt
Xudo asrasin
Eskiyu jandani
Omonat tandani
Har bitta bandani
Xudo asrasin
Hayvoniy xilqatdan
Kechikkan fursatdan
Noqobil farzanddan
Xudo asrasin
Taqdirim qoʻlida
Oʻngiyu soʻlida
Bu hayot yoʻlida
Xudo asrasin.
+998906783795
+998996683795.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Moʻmin. 28.07.2026 yil.
September 2, 2026 90 1