#psixologkundaligi
Murojaat qiladigan aksar insonlarning savollariga bizda javob bo'lishi kerak.
Va bu sohada juda qiziq bir fenomen bor - bu javoblarni oldin o'zing yashab o'tgan bo'lsang, teringda shu og'riqni his qilib, davolaganing uchun yengil yechim berolasan.
Lekin yashab o'tmay, yo'l ko'rsatgan bo'lsang va mijozni qanday qilib bilmaydi, deb muhokama qilgan bo'lsang - aniq boshingga xuddi shu savol keladi.
Ana shundan asrash uchun, avval psixolog o'zi terapiyadan o'tgan bo'lishi, o'zini isloh qilgan bo'lishi kerakligi uchun ustozlar shoshmanglar konsultatsiyaga, derkan.
Chunki mutaxassis pozitsiyasi boshqa, qutqaruvchi-maslahat beruvchi pozitsiyasi boshqa bo'larkan.
Birgalikda ishlayotgan mijozlarim bilan menda xuddi shunday bo'lyapti.
Qandaydir mo'jizali shaklda ularning javoblari mening ichimdan chiqyapti.
Ana shu joyda Uning qudratiga tan beraman. Naqadar hikmat egasiki, xuddi pazl 🧩 bo'laklaridek bizni uchratib qo'yadi. Qorong'u yo'limizga kerakli insonlar tilidan chiroq tutadi...
@zarina_zarif


