Imom G’azzoliy rohimahulloh “G’urur” kitobida aytadi:
Mag’rurlar 4 toifadir:
Ulamolar;
Ibodatgo’ylar;
Tasavvufchilar;
Puldorlar;
Ular shar’iy va aqliy ilmlarni egallaydilar, uning dengiziga sho’ng’iydilar, ammo o’z jasad va badanlariga beparvo bo’ladilar.
Ular o’zlarini ma’siyatdan saqlamaydilar, o’zlariga toat ibodatni yuklamaydilar.
Allohni ulardan qarzi bor deb biladilar, erishgan ilmlarini bunda ro’kach qiladilar, ular quruqdan quruq orzu umid qilguvchidirlar.
Basirat ko’zi bilan qaraganlarida, ilm 2 xil ekanini bilardilar:
Ilmul Muomala;
Ilmul Ma’rifat.
Ilmul muoamla — halol, haromni o’rganish, mahmum va mazmum nafs xulqi atvorini tanish demakdir.
Bu ilmlar aslida amal uchun o’rganilgan. Agar amal qilish hojat qolmaganda, but ilmlarni qadri bo’lmas edi.
Faqihga qarang. U toat ibodat ilmini o’zlashtirdi, ma’siyat va haromlar, axloq haqidagi ilmni oldi, unda ma’rifat hosil bo’ldi.
Ammo o’z nafsini ilmi bilan sayqallamadi, musaffo qilmadi, mana shu haqiqiy mag’rurdir.
Alloh taolo nima dedi:
{قد أفلح من زكاها} [الشمس]
“Nafsini poklagan nahot topibdi” dedi, lekin nafsni qanday poklashni kayfiyatini o’rgangan najot topibdi dedi.
Imomni gaplari tugadi.
Inson nafsini qul deb bilishi kerak. Qulga qancha ko’p e’tibor bersa, hakalak otib haddan oshadi, agar unga o’rta me’yorda e’tibor bersa, u ham o’rta me’yorda bo’lib qolaveradi.
Agar inson quliga kam e’tibor berib, mana shu ishni qilsang keyin taom yeysan, mana shuni qilib bo’lsang keyin suv beraman desa yoki haftada 1 kun och qoldirsa, yoki birorta xato qilsa uni oftobga yoki sovuqqa chiqarib toblasa mana shunda u o’zida intizom va qat’iyat topa oladi.
Ulamolarni buzilishi mubohni ko’p qilishi bilan.
Obidlarni buzilishi sunnatga beparvoligi bilan.
Mutasavviflarni buzilishini Allohni zikr, farzlarda boshqalarni sherik qilishi bilan.
(Masalan namozda, zakotda, hajda, amr-ma’rufda insonlarni mulohazasi o’tishi bilan)
Puldor odamni buzilishi 1 yildan ortiqqa yetadigan taomi bo’lishi bilan.
Alloh amal qilishga o’zi muvaffaq qilsin, yozganlarimni foydamga hujjat qilsin. Vaqtlarizga rozi bo’linglar.