Sarvar Rahimov (Yölovçi) | Ijodxona: post #462 — TG.ME

#tahlil

Shu kunlarda boʻlayotgan Rasul Kusherbayev va AYQSH mojarosidan habaringiz boʻlsa kerak. Bugun R. Kusherbayev sud ishida yutqazganini va yuqori sudga murojaat qilishini eʼlon qilganini koʻrib qoldim. Mojaro AYQSH shaxobchalarida yonilgʻi naqd pulga sotilmasligi haqidagi qarordan kelib chiqqan.

Shu voqea sabab qiziqib konstitutsiyani 150-moddasini qarab koʻrdim. Avvalo Kusherbayev daʼvo qilayotgan "naqd pul" haqida u yerda xech gap yoʻq. Moddada soʻm deyilgan. Yaʼni plastik kartadagi pul ham soʻm, naqd pul ham soʻm. Ikkinchidan esa markaziy bank pul belgilarini muomalaga kirgizish yoki chiqarishda mutlaq huquqga ega ekan. Shu sabab bu sudda yutqazishi tabiiy edi.

Kusherbayev koʻtargan masala qanchalik dolzarb boʻlmasin, konstitutsiya buni qoʻllamaydi deb oʻylayman.

PS agar Konstitutsiya sharhida, "pul birligi deganda naqd pul nazarda tutiladi" degan boʻlsa unda bu boshqa masala.

Mantiqshunos
👍3
June 3, 2026 415 1