#mutolaa 12
Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir oʻtkazish xususida.
Bundan tahminan oʻn ikki yil avval Deyl Karnegining kitoblari ommalashib ketgan, koʻpchilik "Karnegilashib" ketgan edi. Karnegi fanatlari bilan gaplashib uning fikrlari ayyorlik (manipulyatsiya) dan boshqa narsa emas degan xulosaga kelgan edim. Mana vaqtlar oʻtib oʻzim oʻqib koʻrishga qaror qildim. Ayniqsa "Antikarnegi" kitobi nashrdan chiqqach ikkisini solishtirish istagi oshdi. Asarni oʻqir ekanman birorta tanqidiy xulosa qilmadim. Hay brat toʻgʻri aytyabdiyu dedim.
Kitob oʻqishga juda yengil. Asosiy tamoyillarni tushuntirish uchun voqealar, odamlarning boshdan kechirganlari va chiqargan xulosalari keltirilgan. Asosiy gʻoya esa psixologiyadagi moslashuvchanlikka qaratilgan. Oʻzim tanqidiy xulosalar qilmaganim sabab "Antikarnegi" asari yanada qiziq tuyulmoqda.
Xozircha asardan chiqargan xulosam, Deyl Karnegi eng notoʻgʻri tushunilgan yohud notoʻgʻri talqin qilingan kitob.
Yoʻlovchi

9
2June 22, 2026 429