UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda… — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi — TG.ME

🇺🇿UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges — dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.


💬 UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

💬 Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

💬 Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
September 2, 2026 22.4K 1