Qadrli doʻstlar! “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yosh avlodga gʻamxoʻrlik qilish, ularning bilim va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. 39 millionlik aholining qariyb 56 foizini yoshlar tashkil etayotgani uzoq muddatli yondashuv, keng qamrovli yechimlarni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Soʻnggi yillarda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarimiz natijasida yoshlarimizning barkamol oʻsishi, global raqobat muhitida munosib oʻrin egallashi uchun ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Yurtimizda yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlashning mutlaqo yangi – manzilli va vertikal tizimi yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.
Dunyodagi yuqori 100 talikka kiradigan yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻgʻil-qizlarimiz soni 3,5 ming nafardan oshgani, ilmiy darajaga ega yosh olimlarimiz ulushi ikki baravar ortgani bizni mamnun etadi. Yoshlarning tadbirkorlar safidagi ulushi 35 foizga yetgani ham ular iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganidan dalolat beradi.
Ishonchim komil, anjuman doirasidagi muloqot va munozaralar ochiq, konstruktiv ruhda oʻtadi, Samarqandda tasdiqlangan hujjatlar global tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam salomatlik, tuganmas gʻayrat-shijoat va masʼuliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman!
— deyiladi tabrikda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
