Davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga kontrakt asosida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt summasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq qoplab beriladi.
Bunda stipendiyasiz bazaviy kontrakt summasi to‘liq qoplanadi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasi esa davlat tomonidan qoplab berilmaydi.
Arizalar OTM tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va talabgorlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shundan so‘ng tegishli mablag‘lar OTM hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ushbu imtiyoz Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun maqsadli tashkil etilgan magistraturaga tatbiq etilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
