#salaflar hayotidan ibrat olib, meni xotimam qanday bo'lar ekan deb, o'zingizni isloh qilganmisiz ?
1. Shayx AbdulG‘ani al-Maqdisiyning vafoti
Abu Muso aytadi: Otam Rabiul Avval oyida qattiq betob bo'ldi. Bu uni gapirish va turishdan man qildi. O'n olti og'ir kechdi. Men undan ko'p so'rar edim:"Ko'ngilingiz nima tusayapti? deb, Otam:"JANNATNI XOHLAYAPMAN", ALLOHNING RAHMATINI ISHTAHA QILYAPMAN" der va bundan ortiq hech narsa aytmas edi.
Bir kuni unga issiq suv olib keldim. U qo‘lini uzatdi va men uni bomdod vaqtida tahorat qildirdim.
Shunda u: “Ey Abdulloh, tur, bizga namoz o‘qib ber va namozni qisqa qil”, — dedi. Men jamoatga imom bo‘lib namoz o‘qidim, u esa o‘tirgan holda namoz o‘qidi. So‘ng uning bosh tomonida o‘tirdim.
U:“Yosin surasini o‘qi”, — dedi. Men uni o‘qidim. U duo qilar, men esa duosiga “Omin” derdim.
Men: “Mana bu ichadigan doridir”, — dedim.
U: “Ey o‘g‘lim, endi o‘limdan boshqa narsa qolmadi”, — dedi. Men:“Biror narsani istaysizmi?” — deb so‘radim.
U: “Alloh subhanahu va taoloning jamolini ko‘rishni istayman”, — dedi.
Men:“Mendan rozi emasmisiz?” — dedim.
U:“Ha, Allohga qasamki, roziman”, — dedi.
Men:“Biror narsani vasiyat qilasizmi?” — deb so‘radim.
U:“Mening hech kimda haqqim yo‘q va hech kimning ham mening zimmamda haqqi yo‘q”, — dedi.
Men:“Menga-chi, menga vasiyat qilasizmi?” — dedim.
U:“Senga Allohdan taqvo qilishni va Uning itoatini mahkam tutishni vasiyat qilaman”, — dedi.
Shundan keyin bir guruh odamlar uni ziyorat qilib, holidan xabar olish uchun keldilar. Ular salom berishdi, u salomlariga javob qaytardi. Keyin ular o‘zaro gaplasha boshladilar.
Shunda u:“Bu nima?! Allohni zikr qilinglar! «La ilaha illalloh» denglar!” — dedi. Ular o‘rinlaridan turib ketganlaridan keyin u lablarini qimirlatib Allohni zikr qilar va ko‘zlari bilan ishora qilar edi.
Men masjidning bir chetidan bir kishiga kitob olib berish uchun turdim. Qaytib kelganimda esa uning ruhi chiqib bo‘lgan edi. Alloh u kishini rahmatiga olsin.
(“Siyar a’lam an-nubalo”, 21/467.)
Ulardan yana biri — Solih shayx Abu Barakot Ismoil ibn Abu Sa’d Ahmad ibn Muhammad ibn Dosti Naysoburiy edi.
Ibn Sukayna aytadi:“Uning vafoti oldidan huzurida hozir bo‘lgan edim. Onam undan: ‘Ey sayyidim, nimalarni his qilyapsiz?’ — deb so‘radi. Ammo u gapirishga qodir bo‘lmadi. Shunda qo‘liga Voqi’a surasi, 89-oyatni yozdi:
﴿فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ﴾
‘Bas, unga rohat, xushbo‘y ne’matlar va ne’mat bog‘i bordir’, — deb yozdi. So‘ng vafot etdi.”
@XosDars ulashing