#fikr_yuriting 67
#dolzarb
IYMONLI EKANIMIZDAN MAMNUNMIZMI⁉️
Nafs hotirjam deyilmaydi ⤵️
Agar insonning boshiga musibat tushgan paytda shu musibatlarga sabr qila olmasa, tilini va oʻzini tiya olmasa. Tag'obun/11-oyatda keladi: “Sizlarga nimaiki musibat yetsa, bas, Allohning izni bilandir. Kimki Allohga iymon keltirsa, uning qalbini hidoyat qiladi”. - Yaʼni yetgan musibatlarga sabr qilish, u qalbning hidoyatga kelishiga yoki hidoyatda mustahkam boʻlishiga sabab boʻlar ekan.
Yolgʻiz ilm va nazariy eʼtiqodning oʻzi emas balkim amalda ham inson hotirjam balkim mustahkam, barqaror, oʻzgarmaydigan boʻlishi kerak. Amalni ham bir qilib, bir qilmasdan yoki bir qiziqib ketib, muhabbat bilan ishga kirishib ketib, keyin sovib qolib yoki masalan, darsni bir boshlab, boshlaganda yaxshi keyin oxiriga borib qolganida sovib qolish, undan uzilish yoki boshqa ishni ham boshlaganda yaxshi boshlab keyin susayib ketish shu hotirjamlikning yoʻqligidan, oʻsha qalbning barqaror, mustahkam emasligidan dalolat berar ekan.
Inson nafsining hotirjamligi uning qalbining shodligiga sabab boʻlar ekan. Biz "nafsi mutmainna" deb gapiryapmiz, Alloh bu haqda bizga Qurʼonda taʼlim beryapti. Buning natijalari, samaralari boʻladi. Shu samaralaridan biri inson qalbining shodligi, xursandligidir. Ibnu Qayyim yozadilarki, bu insonning qalbining xursandligi iymon bilan, Islom bilan xursand boʻlishi, bu insonning Alloh taologa, Allohning Robb ekaniga, oʻzini esa Allohning bandasi ekaniga rozi boʻlganini anglatadi. Bu xursandjlik rozilikdan ham koʻra ulugʻroq, ustunroq narsa. Bu esa Alloh taoloning Oʻzi dunyo ahliga, yaʼni iymon, islom ahliga ato qiladigan eng ulugʻ neʼmatdir. Neʼmatlarning ham ichida eng ulugʻi bor. Biz musulmonmiz, Moʻminmiz, deb aytamiz koʻpchiligimiz. Islomdamiz, deymiz. Lekin mana shu Islom bilan, moʻminlik bilan, musulmonlik bilan kim qancha xursand boʻla oladi. Bizning qalbimizdagi hursandligimiz, ruhimizning shodligining darajasi har xil. Allohning eng ulugʻ hadyasi ekan. Inson nafsining, qalbining, ruhining shodligi Alloh taolo ato qiladigan marhamatlar, neʼmatlarning eng ulugʻi. Dunyoda biz Allohning koʻp neʼmatlariga sazovor boʻlganmiz. Hayot, aql, sogʻlik, salomatlik, boylik, bola-chaqa, uy, joy va hokazo. Ishlarimizning yurishi, rivojlanishining hammasi xursandlikni hosil qiladi. Yaʼni inson hayotga kelsa, farzand tugʻilsa, xursand boʻladi. Boshlanishi shu. Oʻssa, unsa, oʻzimiz ham sogʻ-salomat boʻlsak, xursand boʻlamiz. Pulimiz koʻpaysa, xursand boʻlamiz. Dunyoviy ishlarimiz yurishsa, xursand boʻlamiz. Hammasi xursandlik, xursandlik, xursandlik. Neʼmatlarga erishsak, xursand boʻlamiz. Lekin bu xursandliklar bilan mana bu aytilayotgan shodliklarning farqini bilishimiz kerak. Va buni anglashimiz kerak. Buni tanishimiz kerak, tushunishimiz kerak.
Davomi bor.
@Xosdars ulashing
August 19, 2026 222 2