XosDars: post #4057 — TG.ME

Yillar davomida turli shijoatlantiruvchi narsalarni yoki silsilaviy darslarni tinglab ham baraka topmagan va umrida biror natija olmagan kishilarni taniysizmi⁉️

“Аksinchа, u: “Аllоhning kitоbini bоshqаlаrgа o‘rgаtib, o‘zingiz hаm uni o‘qib-o‘rgаnib, yod оlib, аnglаb, dоnishmаnd, fаqih vа оlimlаr bo‘linglаr”, deb аytmоg‘i to‘g‘ri ishdir.”
[Oli Imron/78-oyat tafsiridan]

“Rabboniy ta’lim - avval kichik boshlang’ich ilmlarni puxta o’rganib, so’ng kattasiga kirishish” degan ulamolar bor.

#fikr_yuriting < ushbu hashtagdagi 65 ta maqolani tushunmaydigan yoki bunga harakat ham qilmaydiganlar oramizda ko’pmi⁉️

🌐 Inson umri davomida umumiy o’qiydigan kitoblari 4 xil, ular;

1️⃣-Ruhiyatni barqaror qiluvchi diniy kitob

2️⃣-Odamda umumiy saviya-tushuncha va farosatni kashf qiluvchi musulmon yoki kofirning kitobi. Musulmon hikmatni topgan joyidan topib olaveradi.

3️⃣-Badiiy kitob tasavvurni kuchaytirish, yangi hissiyot va fikrlarni olish va hayotdagi vaziyatlardan biroz chekinib, yana qaytish uchun oʻqiladi.

4️⃣-Mutaxassislik kitoblari - oʻzingiz va yaqinlaringizdan soʻrang:"Qaysi sohada qobiliyatim bor" deb. Foydali inson boʻlish uchun har sohadan bir shingil oʻrgangan boʻlishingiz, shu kabi bir sohada mukammal usta boʻlib, unda nima yangiliklar boʻlsa oʻqib rivojlanishingiz kerak.

🔹Shar’iy ilm oluvchi talaba esa asosiysi farzlardan so’ng, har kuni Qur’on o’qib yodlaydi. Hadislarni o’rganadi, so’ng amal qiladi. Muhim matnlarni yod oladi. Biroz malollansa ulamolar hayotini o’qiydi. Eng muhimi bir yaxshi ustozning etagidan ushlashdir. Bu yo’ldan bardavom bo’lish uchun dangasadan yiroqlashib, solihlar suhbatida ko’proq bo’ladi. Ibodatlarni ham vaqtidan kechiktirmay go’zal ado etadi. Shu kitoblarni o’qing fitnaga uchramaysiz yoki sobitqadam bo’lasiz deb, hech kim va’da bermaydi. Shu bois, kundalik hayotda ham doimo zikr va duoda bo’lishga harakat qiling.

@Xosdars Ulashing
August 17, 2026 225 2