#fikr_yuriting 66
#ibratli
#tàsirli
YUSUF & AZIZNING AYOLI
“(Zamonaviy turli xil) Fitna qarshisida (yeb-ichish, mansab yoki jinsiy)shahvati qo’zg’alib halok bo’lgan qanchadan-qancha insonlar borki,
Shahvati dard-alam sababli qoni oqib chiqqandek halok qilingan holda ko’rinishini istaydi. U insondan pushaymonlik va qayg‘u hidi anqitadi.
Agar u, fitna to‘lqini baland ko‘tarilganini (paytida)ko‘rganida,
Allohga iltijo qilib panoh istaganida va ixlos ila chin dildan Unga yuzlanganida, va U zot dan himoya so’raganida edi, Alloh uni shahvati orqali xor qilmagan, yana uning zahrini insondan burib qo’ygan bo‘lardi.”
[Dr. Haya as-Sabboh]
___
“Аyolning nаfsi buzuqlik qilishgа mоyil bo‘ldi. Аgаr Yusuf Rоbbi tоmоnidаn o‘zining ko‘nglidа pаydо bo‘lgаn his-tuyg‘ulаrni tiyib qo‘yadigаn oyat-аlоmаtni ko‘rmаgаndа edi, uning nаfsi hаm аyolning chоrlоvini qаbul qilishgа mоyil bo‘lаyozgаn edi. Biz bаrchа ishlаridа yomоnlik vа buzuqliklаrni dаf qilish uchun Yusufgа bu oyat-аlоmаtni ko‘rsаtib qo‘ydik. Shubhаsiz, u Аllоhgа ibоdаtidа vа tаvhididа iхlоsli, pаyg‘аmbаrlikkа tаnlаb оlingаn pоk bаndаlаrimizdаndir.” [YUSUF/24-oyat Tafsiri Muyassar]
Sizga sir emaski, Bunga tanishlarimiz turmushida misollar talaygina..
🔸Tabariy rahimahulloh tafsiridan:
Abu Ja’far aytadi: Bu boradagi so‘zlarning to‘g‘risi shuki, Alloh taolo Yusuf alayhissalom va Azizning xotinidan har birining ikkinchisiga nisbatan mayl qilganini xabar bergan. Agar Yusuf alayhissalom Robbisining hujjat-dalilini ko‘rmaganida edi, shunday bo‘lardi. Ana shu dalil Alloh tomonidan bo‘lgan bir alomat bo‘lib, Yusufni o‘zi qasd qilgan fahsh ishni qilishdan qaytardi.
Ushbu alomatning Ya’qub (alayhissalom)ning surati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, podshohning surati bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Yana Alloh Qur’onda zikr qilgan zinoga oid ogohlantirish va azob haqidagi oyatlar bo‘lishi ham ehtimol.
Bularning qaysi biri bo‘lganini qat’iy dalil yo‘q. Shuning uchun bu borada eng to‘g‘ri yo‘l — Alloh taolo qanday xabar berganiga iymon keltirish va bundan ortiq tafsilotni A’liym Zotga topshirishdir.
Oyat tarjimasidagi — “Shuningdek, Biz undan yomonlik va fahshni daf etishimiz uchun...” ning ma’nosi:
Alloh taolo go’yo: Biz Yusufga fahsh ishga bo‘lgan maylidan qaytaruvchi dalilimizni ko‘rsatganimiz kabi, u duch keladigan va ko‘nglidan o‘tkazadigan, Biz rozi bo‘lmaydigan har qanday ishda ham uni qaytarib, undan daf qiladigan sabablarni yaratamiz.” demoqda.
Buning boisi — Biz unga harom qilgan ishlarni, xususan, zinoni sodir etishdan uni uzoqlashtirish va uni bunday gunohning iflosligidan poklashdir.”
@Xosdars
Biroz ibrat olib ulashaylik
Telegram
XosDars
Marhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!

August 17, 2026 198 1