YOSHLARGA ESLATMA
Alloh taologa qaytmoqchi boʻlganlar uchun yoʻl xaritasi
(Allohni yaxshi koʻrib, U zotdan qoʻrqqan banda - barcha sinovlarga tayyor boʻladi. Chunki Alloh u bilan gunohiga kafforat va darajasi koʻtarishini biladi)
❝Mana shu yashayotgan dunyomiz-da qiyinchiliksiz yashayotgan biror inson boʻlmasa kerak. Hamma ham oʻz muammolaridan qutulguncha unga koʻnikib yashashga harakat qilmoqda. Yaʼni, biz Allohga qullik qilish uchun qiynalganimizdek, dunyoni, pul-dirhamni, kiyim-kechak va texnologiyalarni qullari ham xuddi bizdek qiynalishmoqda. Ammo oʻrtada birgina farq bor:
❝Agar qiynalayotgan boʻlsangiz, ular ham sizlardek qiynalishmoqda. Ammo sizlar, ular umid uzgan (Allohning rizosi, savob va jannat) narsalarni Allohdan umid qilmoqdasiz. Alloh (har narsani biluvchi) Aliym, (hukm va hikmat sohibi) Hakimdir❞ Niso-104.
🔸Demak bemalol ayta olamizki: biz chekayotgan qiyinchiliklar - maqtovga loyiq, sharafli qiyinchiliklardir. Qiyomat kunida ajr, dunyoda esa iymon lazzati oʻlaroq bizlarga foyda beradi.
Yoshlik qiyin davrdir...
Ustiga ustak uni Alloh uchun sarflash yanada mashaqqatli.
Nega deb soʻrasangiz, shunday izohlash mumkin: nafsning istaklari bor. Ayniqsa yoshlarda bu judayam kuchli boʻladi. Bir yondan Allohning istak/buyruqlari bor. Bu ikkisi qachon qaramang, bir biriga zid keladi. Bundan tashqari Alloh yoʻliga chiqishni sevgan kishiga va yosh boʻlishiga qaramasdan boʻyniga masʼuliyat yuklangan kishiga juda qattiq "qiyinchilik" koʻrishadi.Bu qiyinchilikni yengib oʻtishni esa ikki yoʻli bor: Biri sabrli boʻlish, ikkinchisi esa metin iroda va azm-qarorli boʻlishdir. Yaʼni nafs istaklariga sabr qilish, Allohning "istaklari"ni bajarishda esa irodali boʻlish bu yoʻldagi mashaqqatlarni osonlashtiradi.
Endi esa bosqichma bosqich sabr va iroda haqida gaplashamiz:
Keling, sabrning taʼrifi va uni nima ekani haqida gaplashib vaqtni choʻzmaylik. Siz ham, men ham sabrni nima ekanini juda yaxshi bilamiz. Undan koʻra keling sabr borasida biz uchun foydali boʻlgan ikki nuqtaga diqqatimizni qarataylik.
💡Bulardan birinchisi sabrni qoʻlga kiritish yoʻli, ikkinchisi esa uni muhofaza qilish, ziyoda qilish va toʻgʻri qoʻllashdir.
Sabrni qoʻlga kiritishning yoʻli > sabrli boʻlish uchun kurashish, nafsni bu goʻzal va Allohga qullikning har soniyasida ehtiyoj seziladigan xislatlar bilan tarbiya qilishdir.
Allohning Rasuli ﷺ dedilar:
«Kimki soʻrashdan tiyilib, iffatli boʻlsa, Alloh uning iffatini ziyoda qiladi. Kim koʻzi toʻq boʻlishni xohlasa, Alloh uni boshqalarga muhtoj boʻlishdan qutqaradi. Kim sabr qilishda gʻayratli boʻlsa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra xayrliroq va buyuk bir lutf yoʻqdir!»
[Buxoriy-1469, Muslim-1053.]
Sabrni qoʻlga kiritishning boshi - sabrli boʻlish uchun qattiq harakat qilmoqdir. Nafsning istaklari qiynaganda "Yoʻq! Men Robbimning rizosi uchun sabr qilaman" degan holda nafsning ham sohibi boʻlgan Allohga hol tili bilan duo qila olishdir, madad soʻray olishdir. Bu yoʻlda sabrli boʻlishga qattiq tirishib harakat qilish
insonda sabr axloqini shakllanishini/takomillashishini/rivojlanishini taʼminlaydi. Har bir hodisa, qizigan temirga toʻkilgan suvdek sabrni mustahkamlaydi. Siz sabrli boʻlish uchun harakat qilaverar ekansiz, sabr sizning bir parchangizga aylanib boraveradi.🔻Undan soʻng, sabrni muhofaza qilish va ziyoda qilish lozim. Chunki shayton insonga berilgan eng xayrli ozuqani sabr ekanini juda yaxshi biladi. Shu sabab bizni sabr bilan boʻlgan aloqamizni uzish uchun shoshmashoshar jizzakilik yoʻliga tortmoqchi boʻladi. Agar u bunday qilmasa sabrdan notoʻgʻri foydalanishimiz uchun harakat qiladi yoki uni ziyoda boʻlishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻladi.
📚«Gençlerle Hasbihal»
Xulosa chiqarib yaqinlarga ulashing
━━━۩ ❀ ❅ ❀ ۩━━━
@XOSDARS sahifasi