#dolzarb
Qur’on va hadisda qalbni buzadigan — ya’ni iymon, ixlos va ruhiy poklikka zarar beradigan — ko‘plab
qalb kasalliklari zikr qilingan. Ular bitta joyda “shuncha” deb sanalmagan, lekin ulamolar oyat va hadislarni jamlab, tuzishgan. Masalan, Ig'osat al‑Lahfan muallifi Ibn Qayyim al‑Javziyya va Ihya Ulum ad‑Din muallifi Abu Hamid al‑G'azzoliy qalb illatlarini keng sharhlagan.Ulardan:
1. Kufr, shirk — haq (din)ni inkor qilish
2. Nifoq — ikkiyuzlamachilik
3. Riyo — amallarni "odamlar koʻrsin" deb qilish
4. Kibr — o‘zini katta sanash
5. Ujub — o‘zidan mag‘rurlanish
6. Hasad — boshqaning ne’matini ko‘rolmaslik, birovning muvaffaqiyatidan ranjish, noshukr doimiy norozilik.
7. G‘azabni boshqara olmaslik
8. Gina-kudrat saqlash
9. Bug‘d — yomon ko‘rib naflatlanish
10. Dunyo muhabbatiga haddan ortiq berilish
11. Hirs — ochko‘zlik
12. Baxillik
13. Tam'a — odamlar qo‘lidagiga umid bogʻlash
14. Shahvat ishtaha ochar narsaga qul bo‘lish
15. G‘aflat — Allohni unutish
16. Bagʻritosh qalb qattiqligi
17. Shubha — haqqa gumon
18. Yolg‘onchilik
19. G‘iybat
20. Tuhmat-bo‘hton
21. Kibr bilan bahslashish
22. Xiyonat
23. Va’daga xilof qilish
24. O‘zini oqlab, boshqani ayblash
25. Umidsizlik (Alloh rahmatidan noumid bo‘lish)
26. Haddan ortiq xotirjamlik (azobdan beparvolik)
27. Manmanlik
28. Zulmga moyillik
29. Yomon gumon
30. Bekor behuda gapga berilish
31. Amal qilishda sustlashlik
32. Tavbani kechiktirish
33. Nasihatni yoqtirmaslik
34. Haqni bilib turib rad etish
35. Niyatning buzilishi
36. Shuhratparastlik — mashhur bo‘lishni sevish, xoh ijtimoiy tarmoqlarda
37. Maqtovga o‘chlik
38. Tanqidni ko‘tara olmaslik
39. Boshqalardan ustun ko‘rinishga intilish
40. (Faqirdagi) Yashirin kibr
41. Amal bilan faxrlanish
42. Odamlarni mensimaslik
43. Haqni og‘ir ko‘rish
44. Nasihatdan qochish
45. Boshqalarning aybini qidirish
46. Dilni qoralovchi ortiqcha kulgi
47. Dindagi musibatga beparvolik
48. Vaqtni qadrlamaslik
49. Amalni faqat natija uchun qilish
50. Qalbda dushmanlikni saqlash
51. Ruhiy dangasalik, yaxshilikni kechiktirish
@XosDars