O‘zbekiston–Ozarbayjon ta’lim hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi
👍Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi.
🤝 Muloqot davomida universitetning Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan shakllangan aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-ma’rifiy hamda madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Tomonlar kelgusidagi tashabbuslarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook















