Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi 8-sentabr kuni… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Kengaytirilgan kafedral ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi

8-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedral muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sagatova Muborak Payzidinovnaning 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ommaviy axborot vositalari matnlarida konseptual metaforaning voqelanishi (ingliz va o‘zbek tillaridagi gazetalar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Muhokama davomida dissertatsiya ishining mazmuni, ilmiy yangiligi va tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤16👍1
September 8, 2026 3.4K 14