ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI O‘zbekiston davlat jahon tillari… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–3 nafardan iborat jamoa shaklida.

📷 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta fotoalbom taqdim etadi;
• fotoalbom 10–15 ta fotosuratdan iborat bo‘lishi lozim;
• fotosuratlar ishtirokchilarning shaxsiy ijodiy ishlari bo‘lishi kerak;
• mualliflik huquqiga rioya etilishi shart;
• fotoalbom elektron yoki bosma ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

🖼 Fotoalbom mavzulari:
umumxalq bayramlari;
milliy qadriyatlar va an’analar;
talabalar hayoti;
universitetda o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar.

🏆 Baholash mezonlari:
• kompozitsiya va kadr tanlash mahorati;
• mavzuning mazmunli yoritilishi;
• fotosuratlarning badiiy va estetik sifati;
• ijodiy yondashuv va originallik;
• fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.

🪙MUKOFOTLAR

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈 2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida

⭐ Faol ishtirokchilar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanishi, shuningdek hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanishi mumkin.

🗓️ Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish

✨ Ijodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Telegraph
Universitet talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovini o‘tkazish
Nurjahon Shodmonova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 18-martdagi 88/11-08-son buyrugʻiga 3-ilova I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026 yil 2 martdagi…
❤19🔥3
September 7, 2026 7.5K 50 106