Toyo University delegatsiyasi 81-sonli maktabda Toyo University… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

Toyo University delegatsiyasi 81-sonli maktabda

Toyo University Prezidenti Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiya 81-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabda yapon tilini o‘qitish jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida yapon tilini o‘qitish metodikasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarning yapon tiliga qiziqishini oshirish hamda ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ECO loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va kelgusida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekistonda yapon tilini o‘qitish va maktab ta’limi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤9👍2🤩1
September 7, 2026 4.1K 6