Talabalar turar joyida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Talabalar turar joyida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika katta inspektori, mayor Sherboyev Sanjar tomonidan 2-talabalar turar joyida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalarga TTJning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, belgilangan qoidalarga amal qilish hamda turar joyda xavfsizlik talablariga e’tibor qaratish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarni TTJda o‘zaro hurmat va tartib-intizomga rioya qilgan holda yashashga chaqirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤21👍7😢5🔥2
September 7, 2026 4.9K 10 8