Toyo University delegatsiyasi O‘zDJTU yapon filologiyasi talabalari… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

Toyo University delegatsiyasi O‘zDJTU yapon filologiyasi talabalari bilan uchrashdi

Toyo University Prezidenti Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetining Yapon filologiyasi yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar mehmonlarga o‘zbek milliy musiqa san’ati namunalarini namoyish etib, dutor ijrosida kuylar taqdim etdilar. Shuningdek, yapon tilida O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi.

Mehmonlar talabalarning yapon tilidagi chiqishlari, bilim va ijodiy salohiyati bilan yaqindan tanishib, ularning faolligi va qiziqishlarini yuqori baholadilar.

Uchrashuv doirasida O‘zDJTUda Toyo University markazini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar ham taqdim etildi. Delegatsiya a’zolariga markazning kelgusidagi faoliyati, ta’limiy va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida O‘zDJTU va Toyo University o‘rtasidagi ta’limiy, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤5👍2
September 7, 2026 2.6K 4