Dayjest #Sport O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Forwarded fromEDEdu.uz
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Dayjest #Sport

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

◀️O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida basketbol va voleybol sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Buxoro davlat universitetida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bir qator sport turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2026” musobaqalari tashkil etildi.

◀️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida futbol sport turi bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Farg‘ona davlat universitetida stol tennisi, shashka, shaxmat, darts va o‘q otish sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Jizzax davlat pedagogika universitetida futbol sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi;

◀️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tennis sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida mini-futbol, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Samarqand davlat pedagogika institutida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3
August 28, 2026 4.9K 2