MTTlarda o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha 120 nafar milliy… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

MTTlarda o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha 120 nafar milliy master-trener tayyorlandi

➖ “Milliy master-trenerlarda zamonaviy metodikalar, o‘quv-metodik majmualar, raqamli platformalar, til muhitini shakllantirish hamda pedagogik-psixologik yondashuvlar” maxsus o‘quv kursi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Bundan ko'zlangan maqsad - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini yanada keng va samarali joriy etish, shuningdek, bolalarning o‘zbek tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Endilikda mazkur mutaxassislar tomonidan joriy yilning noyabr–dekabr oylarida hududiy trenerlarni kaskad usulida tayyorlash jarayonlari tashkil etiladi.


⏰ 2027-yil yanvar oyidan hududlardagi pedagogika yo‘nalishidagi OTM bazasida MTT tarbiyachilarini bosqichma-bosqich o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
August 29, 2026 13.5K 63