Yangi o‘quv yili oldidan “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi ✅ Farg‘ona… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

✅✅✅✅

Yangi o‘quv yili oldidan “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oila va maktab hamkorligini mustahkamlash, farzand tarbiyasida otalarning mas’uliyatini oshirish maqsadida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda farzandlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash, odob-axloq va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.


🌐 Samimiy muloqotlar davomida ota-onalar va pedagoglar hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
August 29, 2026 7.9K 8