🏅 YUKSAK E’TIROF — SAMARALI MEHNATGA MUNOSIB BAHO
👍 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
🔹 Mazkur e’tirof — tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillarining fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
🎉 Andijon viloyati Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan taqdirlangan xodimlarni samimiy muborakbod etamiz!












