Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi: post #4792 — TG.ME

🟦 Kitob tumani: “Sharq yulduzi” mahallasida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

🗺Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Kitob tumanining “Sharq yulduzi” mahallasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔵13,2 km ichki ko‘chalar asfalt qoplamasi bilan ta’minlanmoqda – 6,4 mlrd so‘m;
🔵14,5 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda – 5 mlrd so‘m;
🔵13 km yangi elektr tarmog‘i tortilib, 200 dan ortiq beton tayanch ustunlari o‘rnatildi hamda 5 ta yangi transformator ishga tushirilmoqda – 2,5 mlrd so‘m;
🔵3,2 km piyodalar yo‘lagi va 174 ta zamonaviy ko‘cha yoritish tizimi barpo etilmoqda – 2,4 mlrd so‘m;
🔵25-sonli umumta’lim maktabining mavjud 220 o‘rinli binosi 3,2 mlrd so‘m hisobiga mukammal ta’mirlandi.

👍 Amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar natijasida “Sharq yulduzi” mahallasida istiqomat qilayotgan qariyb 8 ming nafar aholining turmush sharoitlari va farovonligini yanada yaxshilashga erishiladi.

🔗 Kitob tumani hokimligi

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
👍4🔥1
September 7, 2026 92