Pop tumanida yangi bolalar bog‘chasi ochilishi bo‘lib o‘tdi
Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Tuman mahallasida yangi binolar qad rostlamoqda, ko‘chalar obod bo‘lmoqda, infratuzilma yangilanmoqda. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi hisobidan 3 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy 59-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, mahallada 10 km ichki ko‘chalar 3,8 mlrd so‘m mablag‘ evaziga asfaltlandi, 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ hisobidan elektr taʼminoti tizimi yaxshilandi.