Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi: post #4785 — TG.ME

🫥 Pop tumanida yangi bolalar bog‘chasi ochilishi bo‘lib o‘tdi

🔵Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Tuman mahallasida yangi binolar qad rostlamoqda, ko‘chalar obod bo‘lmoqda, infratuzilma yangilanmoqda. “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi hisobidan 3 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy 59-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

🛠 Shuningdek, mahallada 10 km ichki ko‘chalar 3,8 mlrd so‘m mablag‘ evaziga asfaltlandi, 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ hisobidan elektr taʼminoti tizimi yaxshilandi.

🔗 Manba

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐X | 🌐YouTube
👍5🎉2
September 4, 2026 107