#tabrik_Otanazar_Matyoqubov_80_yoshda
Bugun O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, I-darajali Davlat mukofoti va Xalqaro mukofotlar sovrindori, san'atshunoslik fanlari nomzodi, taniqli musiqashunos olim, professor OTANAZAR MATYOQUBOV muborak 80 yoshni qarshi oldilar.
O'zbekiston musiqashunoslik maktabining darg'alaridan bo'lgan Otanazar Rahimovich ko'p yillik ilmiy-ijodiy, pedagoglik va jamoatchilik faoliyati bilan milliy musiqa san’atini oʻrganish, tadqiq etish va rivojlantirishda, musiqashunos olim va olimalarni yetishtirishda katta hissa qoʻshdi.
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Otanazar Rahimovichni qutlug' sana bilan tabriklagan holda, ularga uzoq umr, mustahkam sog'lik- salomatlik tilab qoladi. Hamisha farzandlaringiz, yaqinlaringiz, shogirdlaringiz, hamkasblaringiz, elimiz ardog'ida bo'lib yuring.
Ezgu tilaklar hamrohingiz bo'lsin.
MUBORAK YOSHINGIZ QUTLUG' BO'LSIN!!!
@unionofcomposers