#Himoya_2026
Termiz davlat universiteti "Analitik kimyo" kafedrasi tayanch doktoranti Ruziyev Umid Ural o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli Ilmiy kengashda "02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo" ixtisosligidan “Etilendiamintetraatsetat kislotasi asosidagi aralash metall-natriy koordinatsion polimerlarining sintezi, tuzilishi va funksional xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Ruziyev Umid Ural o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt



