58 #Himoya_2026 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI… — TerDU rasmiy kanali — TG.ME

#№58
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Analitik kimyo" kafedrasi tayanch doktoranti Saidov Dilmurod Xursan o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli Ilmiy kengashda "02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo" ixtisosligidan “Aralash ligandli metall koordinatsion polimerlarning sintezi, kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilmurod Xursan o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍40❤17🎉8
August 29, 2026 4.6K 16