2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar… — TerDU rasmiy kanali — TG.ME

🟦🟦🟦 🟦🟦

🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish 2-sentabr kunidan boshlandi.

Hujjatlar fakultet joylashgan binolarda mas'ul xodimlar tomonidan qabul qilinadi!

Manzil:
🗺Termiz davlat universiteti (barcha fakultetlar joylashgan binolar)
🗺Tabiiy fanlar fakulteti

🦋 Talabalikka tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza — universitetga kelib, yoziladi
2. Abituriyent ruxsatnomasi — 1 nusxa
3. Abituriyent javoblar varaqasi (imtihon natijasi) — 1 nusxa
4. Abituriyent qaydnomasi (5 ta ta’lim muassasasi tanlangan) — 1 nusxa
5. Attestat yoki diplom va uning ilovasi — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
6. Imtiyozga oid hujjatlar (guvohnoma, tavsiyanoma, sertifikat, diplom v.b. mavjud bo‘lsa) — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
7. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
8. Konvert (A5 formatda) — 1 dona
.


ℹ️ Eslatma: shaxsini tasdiqlovchi hujjat ID karta bo‘lgan abituriyentlar my.gov.uz tizimi orqali doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma ham olib kelishlari lozim.

✅ O'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:
1. Pasport yoki ID karta — aslini ko'rsatgan holda 1 nusxa
2. Akademik ma'lumotnoma yoki transkript (tasdiqlangan) — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
3. Abituriyent javoblar varaqasi (imtihon natijasi) — 1 nusxa
4. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona


🗓️ Hujjatlarni qabul qilish vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni

📞 +998762280340

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤14🔥7👍5
August 29, 2026 5.9K 306