Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar 🇺🇿… — TerDU rasmiy kanali — TG.ME

Forwarded fromEDEdu.uz
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

📌Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.

📌Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.

📌Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.

📌Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.

📌Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.

📌Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.

📌Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.

📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.

📌IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

📌O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.

📌Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.

📌Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

📌Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍7
August 28, 2026 3.8K 10