Galaxy S27 va S27 Ultra’ning taxminiy CAD-renderlari internetga sizib chiqdi. Ularni Samsung bo‘yicha eng ishonchli insayderlardan biri — Ice Universe ulashgan.
📱 Galaxy S27 dizayni deyarli o‘zgarishsiz qolishi mumkin.
🔥 Galaxy S27 Ultra esa ancha katta o‘zgarish olishi kutilmoqda. Yangi dizayn ayrim jihatlari bilan iPhone’ga o‘xshab ketayotgani sababli internetda allaqachon bahslar boshlanib ketgan.
📸 Kameralarda ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin:
— Asosiy kamera
— Ultra keng kamera
— 5x periskop telekamera
Mish-mishlarga ko‘ra, Samsung hozirgi 3x telekameradan voz kechishi mumkin.
Ice Universe hatto bu dizayn Galaxy tarixidagi eng ko‘p tanqid qilinadigan dizaynlardan biri bo‘lishi mumkinligini aytgan.
⚠️ Hozircha bularning barchasi sizib chiqqan ma’lumotlar, Samsung tomonidan rasman tasdiqlanmagan.




