Xiaomi 18’da maxfiylikni himoya qiluvchi yangi ekran paydo bo‘lishi… — Techmob.uz — TG.ME

🔥 Xiaomi 18’da maxfiylikni himoya qiluvchi yangi ekran paydo bo‘lishi mumkin!

📱 Xiaomi 18 seriyasining ayrim modellari Samsung Galaxy S26 Ultra’dagi kabi Privacy Display texnologiyasini olishi kutilmoqda.

👀 Bu funksiya yon tomondan qaralganda ekrandagi ma’lumotlarni yashiradi. Ya’ni, avtobusda, kafeda yoki boshqa jamoat joylarida telefoningizga qarab turgan odamlar ekrandagi yozuvlarni aniq ko‘ra olmaydi.

📸 Sizib chiqqan skrinshotlarda ushbu rejimni yoqish va sozlash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Foydalanuvchi maxfiylik darajasini o‘z ehtiyojiga qarab boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Bunday texnologiya ayniqsa messenjerlar, bank ilovalari va shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlaganda juda foydali. 🔒

Xiaomi 18’da Privacy Display funksiyasi standart holatda bo‘ladimi yoki faqat ayrim versiyalarda taqdim etiladimi — hozircha noma’lum.

Sizningcha, smartfonlarda bunday maxfiylik funksiyasi kerakmi? 👇

✅@techmobuz
❤22😁15👍4😱3🔥1
August 30, 2026 3.3K 6 11