Samsung ishlayotgan narsani ham buzib qo‘ydimi? One UI 9… — Techmob.uz — TG.ME

📱 Samsung ishlayotgan narsani ham buzib qo‘ydimi? One UI 9 foydalanuvchilarni ranjitdi 😬

Galaxy S26 Ultra uchun chiqarilgan One UI 9 Beta 7 deyarli final versiya bo‘lishi kutilayotgandi. Ammo yangilanishdan keyin aksincha muammolar ko‘paygan.

⚠️ Test qilayotgan foydalanuvchilar:
— animatsiyalarda laglar paydo bo‘lganini;
— interfeys avvalgidek silliq ishlamayotganini;
— batareya ancha tez tugayotganini aytishmoqda.

Eng qizig‘i, ayrim foydalanuvchilar hatto Beta 6 versiyasiga qaytishni boshlagan. 😳

Endi asosiy savol: Samsung rasmiy One UI 9 chiqishigacha bu muammolarni tuzatishga ulgura oladimi?

🤔 Sizningcha, yangi funksiyalar muhimmi yoki tizimning stabil va silliq ishlashi?

✅@techmobuz
❤14😁3⚡2👍1
August 31, 2026 1.8K 5 7