Vivo va OPPO kelajakdagi smartfonlari uchun Sony’ning noodatiy 68 MP frontal kamerasini tanlagani aytilmoqda. 📸
Eng qiziq tomoni — sensor 1:1 kvadrat formatda bo‘ladi. Ya’ni telefonni vertikal yoki gorizontal ushlash haqida kamroq o‘ylaysiz: kamera tasvirni keyinchalik kerakli formatga moslashtira oladi. 👀
🔥 Insaydlarga ko‘ra:
• Vivo — 68 MP kamerani top flagmanlarida ishlatishi mumkin
• OPPO — uni avval yupqa va yengil kamerofonlarga olib keladi
• Bu ta’rif kelajakdagi Reno 17 seriyasiga ishora qilayotgani taxmin qilinmoqda
• Find X10 Ultra esa bundan ham kuchli — 100 MP frontal kamera olishi mumkin 😳
Apple boshlagan kvadrat selfi-sensor g‘oyasi endi Xitoy brendlari orasida ham tez tarqalayotganga o‘xshaydi.
68 MP selfi kamera kerakmi yoki bu shunchaki megapiksel poygasimi? 🤔👇




