🇺🇸 Freedom 250 Roadshow: O‘quvchilarimiz AQSh universitetlari vakillari bilan uchrashdilar
2026-yil 10-sentabr kuni Buxoro Yoshlar markazida AQSh elchixonasining “Freedom 250 Roadshow” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filiali o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, AQShda ta’lim olish imkoniyatlari haqida bevosita universitet vakillaridan ma’lumot olishdi. 🇺🇸🎓
🎓 AQShning nufuzli universitetlari bilan muloqot
Tadbir davomida o‘quvchilar quyidagi universitetlarning vakillari bilan uchrashish va suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:
🔹 Arizona State University
🔹 Purdue University
🔹 James Madison University
🔹 Webster University
O‘quvchilar universitet vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, qabul talablari, grant va stipendiyalar, chegirmalar, o‘qish imkoniyatlari hamda xalqaro talabalar uchun mavjud dasturlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
🌎 EducationUSA — AQShda ta’lim olish sari yo‘l
Shuningdek, o‘quvchilar EducationUSA vakillari bilan ham muloqot qildilar. EducationUSA — AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan maslahat va axborot tarmog‘i bo‘lib, AQSh universitetlarida ta’lim olishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun muhim ma’lumot va yo‘nalishlar taqdim etadi.
O‘quvchilar AQShda o‘qish, stipendiyalar va moliyaviy yordam imkoniyatlari, universitet tanlash hamda hujjat topshirish jarayonlari haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🎯 Interaktiv tadbir va esdalik sovg‘alari
Tadbir nafaqat ma’lumot olish, balki o‘quvchilar uchun qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etildi. O‘quvchilar turli viktorinalar va quizlarda faol qatnashib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar.
Faol ishtirok etgan o‘quvchilar turli universitetlar tomonidan taqdim etilgan kichik esdalik sovg‘alari va foydali materiallar bilan taqdirlandilar. 🎁
✨ Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarimiz uchun katta imkoniyat!
AQSh universitetlari vakillari bilan bevosita suhbatlashish o‘quvchilarimizga xalqaro ta’lim tizimi, universitetlarning talablari va moliyaviy imkoniyatlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Eng muhimi, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga universitet vakillarining o‘zidan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌟 o‘quvchilarimizning Xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan xabardorligini oshirish va ularni dunyoning yetakchi universitetlariga tayyorlash yo‘lidagi bunday tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.