Study Academy: #5103-post — TG.ME

🎓 Ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
Abu Ali ibn Sino nomidagi IM Buxoro filialida nufuzli xorijiy universitet vakili — Johns Hopkins University magistranti Nasiba Baybikova bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehmon o‘zining xalqaro universitetga qabul qilinish, grant yutish tajribasi hamda xorijda ta’lim olish sirlarini o‘quvchilar bilan bo‘lishdi.
✨ Xalqaro grantlarni qo‘lga kiritish yo‘llari
✍️ Kuchli Statement of Purpose (SOP) yozish sirlari
📄 Hujjat topshirishda muhim tavsiyalar
Shuningdek, Nasiba Baybikova Johns Hopkins Universityda mavjud yo‘nalishlar, jumladan tibbiyot va Neurology sohasi haqida ham batafsil ma’lumot berdi.
💬 Eng qiziqarli qism esa savol-javob bo‘lib, o‘quvchilar xorijdagi talabalar hayoti, o‘qish jarayoni va kundalik turmush haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌟 Ushbu uchrashuv yoshlar uchun katta motivatsiya va yangi imkoniyatlarga eshik ochuvchi muhim tajriba bo‘ldi!
🔥3👏2😁1
July 21, 2026 193 3