Strategic Focus: Central Asia: post #4434 — TG.ME

Ishonch” gazetasining 29-avgustdagi sonida G‘ulomjon Mirahmedovning “1381 oqlov yoxud tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan umummilliy ish haqida o‘ylar” nomli maqolasi e’lon qilindi. Unda sovet davrida qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning nomini tiklash, ularning hayoti va merosini o‘rganish, arxiv hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda tarixiy adolatni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Muallif oqlash jarayonining mazmun-mohiyatini ochib berar ekan, uni shunchaki huquqiy jarayon emas, balki milliy xotirani tiklash, ajdodlar sha’nini qayta tiklash va tarix haqiqatini kelajak avlodga yetkazishga xizmat qilayotgan muhim umummilliy ish sifatida baholaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021-yil 25-avgustda 115 nafar, 2022-yil 6-yanvarda 120 nafar, 19-dekabrda 173 nafar, 2023-yil 19-aprelda 208 nafar, 24-avgustda 240 nafar, 2024-yilda 205 nafar hamda 2026-yilda 161 nafar shaxs oqlandi. Natijada sovet davri qatag‘onlari qurboni bo‘lgan jami 1381 nafar yurtdoshimizning nomi oqlandi. Har bir raqam ortida alohida inson taqdiri, bir oila boshidan kechirgan iztirob va yillar davomida aytilmay kelgan haqiqat mujassam. Shu ma’noda, bu oqlovlar tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Strategic Focus: Central Asia
👍7❤4🔥2🤔1
August 29, 2026 5.5K 1