Oʻzgarish Oʻzbekiston delegatsiyasi Xalqaro Biologiya Olimpiadasidan chetlashtirilgan va biz joriy loyihani yakunlagan boʻlsakda, ilm-fandagi va rivojlanishdagi yoʻlimizni yakunlamadik. Va bu yoʻlimizni boshqalar bilan boʻlishishdan va ularga oz boʻlsada manfaat olib kelishdan toʻxtab qolmaymiz. Endigi maqsadlarimiz loyihani soha radiusini kengaytirish ya'ni faqat biologiya olimpiadalari haqida emas, balki umumiy biologiya va ayniqsa tibbiyotga doir oʻzimiz foydali deb bilgan manbaa va ma'lumotlarni boʻlishib borishdir. Biz oʻzimizning ilm-fandagi yoʻlimiz orqali bizdan kichik oʻquvchilarga va tengdoshlarimizga oʻrnak boʻlishni yana bir maqsad sifatida oldimizga qoʻydik. Yuqorida keltirilgan sabablar tufayli, loyiha logosini va nomini ham mutloq yangilaymiz. Biroz mudat tanaffusdan soʻng qaytamiz. Biz bilan qoling. Nasib boʻlsa, yangiliklar oldinda!
SciLocked: post #345 — TG.ME
July 13, 2024 3.1K 24