Murojaat Doʻstlar, biz kichik bir loyihamiz bioolympiads_uz ni yakunlash qaroriga keldik. Bu loyiha toʻlaqonli Xalqaro va Respublika biologiya olimpiadalariga bagʻishlangan edi. Tarixga yuzlansak: Kichik vebinaramiz tufayli biz shu kanalni va kanalga tegishli guruhni yurgʻizishga qaror qilgan edik. Bu orqali Biologiya Olimpiadalari tizimda ma'lumotlar va manbaa erkinligini, hamda Olimpiadada sogʻlom raqabotni kuchaytirish orqali biologiyamizga va ummuman ilm-fanimizga hissa qoʻshishni maqsad qilgan edik. Bu loyiha orqali biz juda koʻp qimmatli tajriba va darslarni oʻrgandik. Loyihamiz orqali sizlarga ham qanchadir qiymat bera olgan boʻlsak biz maqsadimizga biroz boʻlsada yaqinlashibmiz. Bizni shu paytgacha kuzatgan va qoʻllab quvvatlagan barchaga rahmat. Bizlar bilan birga boʻlganingiz uchun tashakkur!!! Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti talabalari, Xalqaro va Respublika biologiya olimpiadasi gʻoliblari va qatnashchilari: Muhammadibrohim Egamberdiyev Azizbek Muxtorov 🔴@bioolympiads_uz🔴
29
6
4
2
1