Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi: post #18892 — TG.ME

📊Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotida AKT xizmatlari ulushi oshdi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,9 foizni tashkil etdi.

Mazkur koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha (yanvar–iyun):

2024-yil — 2,4 foiz;

2025-yil — 2,8 foiz;

2026-yil — 2,9 foiz.

Ushbu davrda AKT xizmatlarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 30,3 trln soʻmni tashkil etgan.

AKT xizmatlarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat tarkibida:

kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar — 53,6 foiz;

aloqa xizmatlari — 28,9 foiz;

maʼlumotlarni joylashtirish va ularga ishlov berish xizmatlari hamda veb-portallar — 10,5 foiz;

dasturiy taʼminot — 4,4 foiz;

kompyuterlar va aloqa uskunalarini taʼmirlash xizmatlari — 2,6 foiz ulushga ega boʻlgan.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi

Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
August 25, 2026 157