📊Oʻzbekiston 6 oyda qariyb 1,1 mln tonna meva-sabzavot eksport qildi
2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 872,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 086,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,5 ming tonnaga oshgan. Eksport qiymati esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga koʻpaygan.
Eksport tarkibi quyidagicha:
sabzavotlar — 504,3 ming tonna;
meva va rezavorlar — 158,5 ming tonna;
tarvuz va qovun — 128,6 ming tonna;
mosh — 35 ming tonna;
yeryongʻoq va yongʻoqlar — 12,4 ming tonna;
boshqalar — 248 ming tonna.
Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi
✅Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand

August 27, 2026 112