Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi: post #18897 — TG.ME

📊Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatining muhim omili
 

    Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
    Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.
   Shuningdek, ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashlarini yanada mustahkamladilar.

Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi

Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
August 28, 2026 92