Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi: post #18886 — TG.ME

⚽️Samarqand viloyati statistika boshqarmasida mini futbol turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha sport turniri tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad — boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jamoada do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Turnirda boshqarma hamda hududiy statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, tezkorligi va futbol bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdilar.

Batafsil...📲

Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
August 24, 2026 165 1