Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi: post #18881 — TG.ME

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
 
O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma jamoasi bilan bir qatorda, uzoq yillar davomida statistika tizimida samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar, taklif etilgan mehmonlar hamda hududiy statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida yurtimizning eng ulug‘ va qutlug‘ sanasi — Mustaqillik bayramining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalik, xalq farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida fikrlar bildirildi.

Batafsil...📲

Rasmiy sahifalar
🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand
August 24, 2026 211 16