Bu postim hamma uchun, ayniqsa, toʻyi boʻlish arafasida turgan turmushga chiqishdan qoʻrqadigan qizlar uchun)).
Ikki yil oldin, 2024-yil 2-uyunda unashtirilganmiz. 16-iyunda katta fotihamiz boʻlgan. Karnay-surnay, tort, qoʻshiq, tilla taqar— hammasi boʻldi. Lekin hammasi oʻz oʻrnida, kichikroq, odmiroq boʻldi.
Uch oydan keyin 1-sentyabr. Toʻyimiz boʻldi. 5-6 ta koʻylak, sandiq va koʻrpacha bilan bordim, mebelsiz). Chunki menga atalgan mebelni oilamiz oʻzlari olishgan. Oʻsha parda va gilam ham olib bormasdan turmush qursa boʻlar ekan odam)).
Toʻy kuni ham bir nechta keraksiz urf-odatlarni oʻtlazmadik. Vaqtimizni ham, naqtimizni ham bekorga sarflashni xohlamaganim uchun ansambl deyiluvchi kaaatta nimadir koʻylaklar olmadim, oldirmadim. Chunki yo sandiq yo shkaf huzurini koʻrib yotishini xohlamadim. Buni qarangki, shularsiz ham kelin boʻlsa, boʻlarkan, hech kim ansambling yoʻq ekan, qanaqa kelinsan, demadi.
4-5 ta joyga challari uchun borganimda, baʼzi koʻylaklarimni takror kiydim, hech kim yana shu koʻylagingni kiyibsan, uyat, demadi. Boʻyanishni bilmaganim uchun, odmi qoʻlimdan kelganicha yurdim. Koʻzoynakda, doʻppida. Uyat, deyishmadi)).
5 ta qaynopam, qaynonam, qaynotam mana ikki yildirki meni kelin, demadi. Ismimni aytib chaqirishadi, qizim, singlim deyishadi.
Ikki yildan beri, biror marta qaynonamdan mana bu ishing notoʻgʻri, buni bunday qilishing kerak edi, nega qilding, degan gap, hatto dakki eshitmaganman. Balki, sizga erish tuyular, balki oshirib yuboryapti, bunaqasi yoʻq, dersiz.
Yoʻq, men ham toʻygacha shundan qoʻrqqanman. Roʻzgʻorimga aralashsachi, gap eshitsamchi, degan qoʻrquv boʻlgan. Lekin toʻyning ertasigayoq bu oʻzgargan.
Qaynotam toʻyning ertasigayoq oshxonaga issiq-sovuq suv qildirib bergan, ertalab suvni ham oʻzlari yoki oyijon sepib bergan. Uxlab qolganimda ham bir ogʻiz gapirmagan. Qaynotam bilan oʻzi boshqacha kelishamiz doim)). Birga qoʻy olamiz, birga uyga nimadirlar sotib olamiz. Buni qarangki, kelin bilan maslahatlashib ish qiladigan qaynota-qaynonalar ham bor ekan)).
Qaynopamlar ham, qaynonam ham biz haqmiz, deganini eshitmadim. Maslahat qilamiz, kerakli joyida mendan ham soʻrashadi.
Bilasizmi, avvallari faqat ziyoli oilaga kelin boʻlsam, hamma oʻqiganlar boʻlsa, oʻtirib fandan gaplashsak, oʻqish haqida suhbatlashsak, deb niyat qilardim. Xudo oʻzing xohlaganingni beradi, deydiku, shu rost. Hozir xuddi shunday yashayman.
Balki buni maqtanish deb qabul qilarsiz, balki maslahat, niyatingizni doim toʻgʻri qilsangiz, munosabatlarda ochiq va toʻgʻrisoʻz boʻlsangiz, yangi oilaga moslashib ketish oson boʻlarkan.
Men xafa boʻlmayman, oʻzimga olmayman ham. Nimadir demoqchi boʻlsam, vaqtida shunday aytaman va shu bilan unutiladi.
Aytmoqchimanki, qoʻrquv boʻlishi tabiiy, muhimi, ochiq va samimiy boʻling...