Qudrat: post #1070 — TG.ME

Bugun hayotimda birinchi marta kanalimga donat tushdi.

Rostini aytsam, nima deyishni bilmayapman. Chunki bunaqasi hali bo‘lmagandi bu sahifada.

Javohir ukam. Qolganlarini kim yuborganini, anonim bo‘lsa ham taxmin qila olaman. Yaqinlarim.

Qizig‘i, pulning o‘zi haqida unchalik o‘ylamadim. Shunchaki kimdir o‘z xohishi bilan “mana” deb yuborgani boshqacha ekan.

Balki men buni ortiqcha ahamiyatli qilib yuborayotgandirman. 😄 Lekin baribir bugun birinchi marta bo‘ldi-da.

Yuborganlarga rahmat. Rostdan.
August 20, 2026 225